Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini boshqarayotgan portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim ligada 200 ta o'yinlik marraga erishdi, deb xabar beradi Opta Joe.

Amorim bu marraga 27 sentyabr kuni Angliya premer-ligasining 6-turi doirasidagi “Brentford”ga qarshi safardagi bahsda (1:3) erishdi.

Mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonib, “Manchester Yunayted” rahbariyatiga murabbiyni ishdan bo'shatish uchun yana bir sabab bo'ldi.

Uning qo'l ostida jamoa etti ochko bilan o'n uchinchi o'rinda bormoqda. Amorim Portugaliya Premer-ligasida 167 ta o'yindan 14 tasida mag'lub bo'lgan. Taqqoslash uchun, Amorim Angliya Premer-ligasida 33 ta o'yinning 17 tasida mag'lub bo'lgan.