"Manchester Yunayted" o'z muxlislarining yana bir bor hafsalasini pir qildi.

Shanba kuni “qizil iblislar” Premer-liganing 6-turi doirasida “Brentford”ga mehmonda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

“Asalarilar” qo'shib berilgan vaqtda uchinchi golni urishgach, jamoa muxlislari “Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorimni mazah qilishdi.

"Brentford" muxlislari Amorimga: "Ertalab ishdan bo'shatilasiz", – deya hayqirishdi. Bu orada "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi boshini egib o'tirardi.