"Brayton" bosh murabbiyi Fabian Xyurtseler "Manchester Yunayted" ustozi Ruben Amorimning iste'fosi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Xyurtseler Manchester jamoasi shtabida ish taklif qilinsa, mankunianliklarni boshqarishdan bosh tortdi.

"Amorimni juda hurmat qilaman, shuning uchun uning ishi yoki paydo bo'lishi mumkin bo'lgan mish-mishlar haqida gapirmayman. "Brayton" murabbiyi bo'lish men uchun katta sharaf. Men klubda juda baxtliman," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Angliya chempionatining 6-turidan keyin "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Amorim shogirdlari atigi 7 ochko jamg'arishdi.