Amorimdan yomonroq natijaga faqat bir murabbiy ega

Rúben Amorim endi "Manchester Yunayted" murabbiyi emas. Dushanba kuni "qizil iblislar" portugaliyalik murabbiyning iste'fosini e'lon qilishdi.
Amorim "Manchester Yunayted"ni deyarli 14 oy boshqardi. Bu vaqt ichida "qizil iblislar" Premer-ligada 19 ta o'yinda mag'lub bo'lishdi. Murabbiylar orasida faqat o'tgan mavsum oxirida "Tottenxem" bilan xayrlashgan Anje Postekoglu Premer-ligada shu davr ichida ko'proq mag'lubiyatga uchragan. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Postekoglu 21 marta mag'lubiyatga uchragan.