Amorim «Yunayted»ning yaqin kelajakdagi maqsadlarini aytdi

"Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim "qizil iblislar"ning kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Klubning yaqin yillar uchun jiddiy maqsadi bor. Biz chempionlik unvonini qo'lga kiritishimiz kerak. Bunga erishish uchun qadam-baqadam harakat qilamiz. O'z ishimizni qilamiz va o'yinlarda g'alaba qozonamiz," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi mankunianliklar klubi matbuot xizmati.
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida "qizil iblislar" o'z maydonida "Old Trafford"da Londonning "Arsenal" klubiga qarshi bahs olib bordi. Amorim shogirdlari 0:1 hisobida minimal muvaffaqiyatsizlikka uchradi.