"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim hozirda "Benfika"ga ustozlik qilayotgan Joze Mourino haqida juda iliq fikrlar bildirdi.

"Turli murabbiylardan ko'p narsa o'rganganman, ammo Mourino men uchun doim namuna bo'lib kelgan. U nafaqat portugaliyaliklar, balki butun dunyo uchun ibrat. Ayniqsa, faoliyatining boshida doimo g'alaba qozonib kelgan.

U har doim o'zining muomalasi bilan ajralib turardi. Bu Angliyadagi insonlarga juda yoqardi. "Benfika"da ishlaganida u bilan muloqotda bo'lganmiz. Qizig'i, ikkimiz ham doimiy ravishda mamlakat va klublarni o'zgartirib turibmiz.

U men uchun haqiqiy namuna. Ba'zida xabarlashib turamiz", - dedi 41 yoshli portugaliyalik mutaxassis.