"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim keyingi raqibi haqida gapirdi.

Dushanba kuni "qizil iblislar" Premer-ligada "Bornmut" bilan o'ynaydi.

"Ularning yuqori darajadagi jamoasi va yuqori darajadagi murabbiyi bor.

Men natijalarga emas, balki ularning har bir raqibga qanday yondashishiga qarayman: ular juda tajovuzkor pressing qilishadi, to'g'ridan-to'g'ri va vertikal o'ynashadi.

Bu bizga o'yinga tayyorgarlik ko'rishda ko'plab imkoniyatlarni beradi. Men qiyin o'yin bo'lishini kutmoqdaman, lekin biz g'alaba qozonishimiz kerak, ayniqsa uyda", – dedi Amorim.