Amorim o'zini hayron qoldirgan "Manchester Yunayted" futbolchisini aytdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa darvozaboni Senne Lammensga qoyil qoldi.
O'tgan haftada belgiyalik yangi futbolchi "qizil iblislar"ga mehmonda "Liverpul" ustidan kutilmagan g'alabani qo'lga kiritishga yordam berdi (2:1).
"Lammens meni hayron qoldirdimi? Ha, biroz, chunki "Manchester Yunayted" darvozabonlari atrofida doim shov-shuv ko'p, bu og'ir. U endi yosh bola emas, lekin hali ancha yosh va bosimga yaxshi dosh bermoqda," - dedi Amorim matbuot anjumanida.
23 yoshli Senne Lammens sentyabr oyi boshida "Antverpen"dan "MYu"ga o'tgandi. Transfer qiymati 21 mln evroni tashkil etgan.