"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida kadrlar masalasiga izoh berdi. Portugaliyalikning so'zlariga ko'ra, u 30 noyabr kungi o'yinda uch nafar futbolchiga umid qilmayapti.

"Sheshkoga yana ozgina vaqt kerak. Maguayr bilan ham shunday. Kunya keyingi hafta o'rtasidagi o'yinda qaytadi, ammo yakshanba kuni emas," - dedi Amorim jurnalistlarga.

"Manchester Yunayted" yakshanba kuni Londonda "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi.