Ruben Amorim kelajagini "Manchester Yunayted" rahbariyati bilan muhokama qiladi.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" Angliya Liga Kubogida 4-divizion vakili "Grimsbi Taun"ga penaltilar seriyasida yutqazib, 2-bosqichdayoq musobaqani tark etgandi. Angliya chempionatida mankunianliklar "Arsenal"ga yutqazdi (0:1) va "Fulxem" bilan durang o'ynadi (1:1).

"MYu" murabbiyi terma jamoalar o'yinlari tanaffusida klub rahbariyati bilan kelajagini muhokama qiladi, deb yozadi The Telegraph va Daily Mail.

Avvalroq, klub bosslari Amorimni qo'llab-quvvatlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo "MYu" futbolchilarining bir qismi Rubenning taktikasi va tarkibni boshqarish mahoratiga shubha bilan qaramoqda, murabbiyga savollar bor.