Amorim: "Mbeumo har doim jamoaga yordam berishga tayyor"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Brayan Mbeumo haqida fikr bildirdi.
"Uning jamoaga qo'shadigan hissasi juda muhim. Mbeumo har doim jamoaga yordam berishga tayyor - u ko'p yuguradi, ko'p pressing qiladi. U o'tgan mavsumdagidan butunlay boshqacha.
Men undan juda mamnunman. Brayanning borligidan baxtiyormiz", - dedi Amorim matbuot anjumanida.