Amorim "Manchester Yunayted"ning asosiy muammolaridan birini aytdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Lids"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning hujumdagi qiyinchiliklarini izohladi.
"Tovuslar"ga qarshi bahs yakshanba kuni bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi. O'tgan uchrashuvda "qizil iblislar" o'z uyida "Vulverxempton"ni mag'lub eta olmagandi (1:1).
"Brunu, Mbeumo va Diallo boshqa o'yinchilarimizga qaraganda ko'proq golli vaziyatlar yaratishdi. Har qanday jamoa bu uch o'yinchisini yo'qotsa, qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Endi esa ularga Maunt ham qo'shildi," - deya ta'kidladi Amorim matbuot anjumanida.
"Manchester Yunayted" Premer-liga 19-turidan keyin 30 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.