“Manchester Yunayted” yakshanba kuni safarda “Manchester Siti”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, muxlislarining yana bir bor hafsalasini pir qildi.

Opta mutaxassislari qiziqarli statistikani taqdim etdi.

Premer-liganing so'nggi va joriy mavsumida ishtirok etgan 17 ta jamoaning natijalariga e'tibor qaratsangiz, "Manchester Yunayted" Ruben Amorim tayinlanganidan beri eng yomon jamoa bo'lib turibdi.

Bu davrdagi Premer-liganing 31ta uchrashuvida “qizil iblislar” 31 ochko jamg'argan va to'plar farqi -13tani tashkil qilgan.