«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt «Milan»ga ko'chib o'tishi mumkin.

MilanPress nashrining xabar berishicha, «Milan»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim ilgari «Manchester Yunayted»da birga ishlagan 27 yoshli futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Mauntning transfer bahosi 25 million evroga baholanmoqda, biroq bu summa kamaytirilishi ham mumkin. Yarim himoyachining o'zi ham Amorim bilan qayta ishlashga tayyor.

Yakunlangan mavsumda Maunt barcha musobaqalarda jami 25 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mauntning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz