Amorim «Liverpul»ga qarshi o'yin oldidan «MYu»dagi kadrlar bilan bog'liq vaziyat haqida ma'lumot berdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan jamoadagi kadrlar holati haqida gapirdi.
"Lisandro Martines "Liverpul" bilan o'yinga tayyor emas, ammo u jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytishga yaqin. Mazrauiga kelsak, bilmayman.
Terma jamoalardan qaytgan yigitlar tayyor. Biz o'yin daqiqalari muvozanatini saqlab qolishimiz kerak," - dedi Amorim juma kungi matbuot anjumanida.
19 oktyabr, yakshanba kuni "Manchester Yunayted" safarda "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 20:30 da yangraydi.