"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim APL 14-turidan o'rin olgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda jamoasi tarkibidagi o'zgarishlar haqida gapirdi.

"Old Trafford"da kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. O'yindan keyin Amorimdan nega ko'proq hujumkor futbolchilarni maydonga tushirmagani so'raldi.

"Kim hujumkorroq edi (zaxirada)? - deya aniqlik kiritdi portugaliyalik mutaxassis.

Jurnalistning aytishicha, u Kobbi Maynuni nazarda tutgan, biroq futbolchi maydonga tushmagan.