"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim ingliz jurnalistlarining xatti-harakatlarini xushmuomalalik deb atadi.

"Qizil iblislar" Premmer-liga turnir jadvalida atigi 14-o'rinni egallab turibdi, shuningdek, "Grimsbi"ga sensatsion tarzda yutqazib, Liga kubogini tark etishga ham ulgurdi. Biroq, portugaliyalik ustozning so'zlariga ko'ra, tanqid uni unchalik tashvishga solmaydi.

"Xotinimning gaplari haqida o'qidim - bu safsata. Oilamdan hech kim e'tiroz bildirmadi, biz Angliyada baxtlimiz. Siz Portugaliya bilan solishtirganda qanchalik xushmuomala ekanligingizni tasavvur ham qila olmaysiz, u erda mag'lubiyatlar uchun murabbiyga ancha kuchliroq zarba beriladi," - dedi Amorim matbuot anjumanida.

Bugun "Manchester Yunayted" "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi.