Amorim: "Fernandeshning o'rnini to'ldirishning imkoni yo'q"

Yarim himoyachi Brunu Fernandesh Premer-liganing navbatdagi turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorimning so'zlariga ko'ra, tarkibda Fernandeshni almashtirishning imkoni yo'q.
"Brununi almashtirishning iloji yo'q. Men buni bugun ertalab jamoaga aytdim. Agar bu erda umuman ijobiy narsani topish mumkin bo'lsa, bundan ijobiy narsa olish kerak. Ko'pchilik o'z zimmasiga ko'proq mas'uliyat olishiga to'g'ri keladi.
Gap faqat hujumlarni yartishda emas. Har bir standartda aynan Brunu jamoani boshqaradi. U maydondagi har bir pozitsiyani tushunadi, har bir detalga e'tibor beradi. O'yinchi almashtirilganda aynan u boshqa futbolchilarga qaerda joylashish kerakligini ko'rsatadi," - dedi Amorim jurnalistlarga.
"MYu" va "Nyukasl" 26 dekabr, juma kuni o'zaro bahs olib boradi.