Ruben Amorimning fikricha, evrokuboklar yo'qligi "MYu"ga qo'l keladi.

"MYu" joriy mavsumda evrokubok turnirlarida ishtirok etmaydi - jamoa APL-2024/25da 15-o'rinni egalladi va Evropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga yutqazdi.

"Ham evrokubokda, ham APLda o'ynashga tayyor emasmiz. Jamoa sifatida rivojlanish uchun bizga vaqt kerak.

Poydevor qurish uchun vaqt kerak, keyin esa kelajakda oldinga siljish kerak. Biz hamma o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun evrokuboklar kerak bo'ladigan paytga etib boramiz," - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.