"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Bornmut"ga qarshi Premer-liga o'yini oldidan kadrlar bilan bog'liq vaziyatga to'xtaldi.

"Maguayr o'ynamaydi, de Ligt ham o'ynamaydi. Biz Sheshkoni kuzatishimiz kerak - uning ovqat hazm qilish tizimi buzilgan.

Lekin kutaylik, bizda yana ikkita mashg'ulot bor. De Ligtning belida muammo bor. Bu jiddiy jarohat emas, lekin biroz og'riq bor. Biz ehtiyot bo'lishimiz kerak", – dedi murabbiy.