Amorim: "Bu ishda o'zimni qulay his qilaman"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Brentford"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (3:1) o'z ishidan asabiylashayotgani haqidagi savolga javob berdi.
"Men bu ishda o'zimni qulay his qilaman. Bu meni tashvishga solmaydi. Bu menga bog'liq emas. Men qo'limdan kelganini qilaman, har daqiqada shu erdaman. Men hech qachon ish haqida qayg'urmayman. Men bunday odam emasman", dedi Amorim.