Amorim: "Bu haqda hech narsa deya olmayman"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim hozirda "Aston Villa"da ijarada o'ynayotgan Jeydon Sancho haqida o'z fikrini bildirdi.
"Men bu haqda hech narsa deya olmayman. Sancho hozir bizning o'yinchimiz emas; u raqib safida o'ynaydi va ijara qoidalari tufayli bizga qarshi o'ynamaydi. Shubhasizki, u juda yaxshi o'yinchi", dedi Amorim matbuot anjumanida.