"Manchester Yunayted" Ruben Amorim boshchiligida ishonchsiz natijalarni ko'rsatishda davom etmoqda.

Yakshanba kuni “qizil iblislar” “Manchester Siti”ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Sky Sports qayd etganidek, portugaliyalik murabbiy "MYu" ustozlari orasida eng yomon g'alaba ko'rsatkichlariga ega.

Hozirgi murabbiy qo'l ostida "mankunianliklar" atigi 36,17% uchrashuvlarda g'alaba qozonishgan. Reytingni Aleks Fergyuson (59,67%) boshqarmoqda, shuningdek, kuchli uchlikdan Joze Mourino (58,33%) va Erik ten Xag (54,69%) joy olgan.