"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sardori Bruno Fernandesh haqida gapirdi.

Portugaliyalik futbolchi shanba kuni "qizil iblislar" safida 300-uchrashuvini o'tkazishi kutilmoqda.

"Bruno men tasavvur qilganimdan biroz farq qiladi. Futbolchilar haqida o'qiganlaringiz har doim ham to'g'ri emas.

U jamoadoshlariga yordam berishni juda xohlaydi. Ba'zan u buni eng yaxshi tarzda bajara olmaydi", – dedi Amorim.