Amorim «Bornmut» yulduzining muxlisi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Bornmut" qanot vingeri Antuan Semenoning haqiqiy muxlisi hisoblanadi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 40 yoshli portugaliyalik mutaxassis 25 yoshli ganalikning transferini juda ham istaydi, ammo bu borada mankunianliklar hali hech qanday muzokaralarni boshlamagan.
Transfermarkt 65 million evroga baholayotgan futbolchini qishda 74 million evrolik tovon puli evaziga sotib olish mumkin.
Semeno joriy mavsumda 16 ta o'yinda 7 ta gol urib, 3 ta assist berdi.