Amerikaning Sports Illustrated jurnali dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to'p» sovriniga da'vogar o'yinchilar reytingini tuzib chiqdi. Ro'yxatdan 15 nafar futbolchi o'rin oldi.

Kutilishicha, yangi g'olibni tanlashda futbolchining yuqori darajadagi o'yinlardagi ishtirokiga ko'proq e'tibor qaratiladi. Bu esa yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati natijalari eng yaxshi futbolchini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishini anglatadi. Kuchli o'nlikni sovrinning o'tgan yilgi sohibi Usmon Dembele yakunlab bergan bo'lsa, favoritlar uchligidan Harri Keyn, Lamin Yamal va Maykl Olise o'rin olgan.

To'liq ro'yxat quyidagicha:

  1. Harri Keyn — «Bavariya» / Angliya

  2. Lamin Yamal — «Barselona» / Ispaniya

  3. Maykl Olise — «Bavariya» / Frantsiya

  4. Kilian Mbappe — «Real Madrid» / Frantsiya

  5. Deklan Rays — «Arsenal» / Angliya

  6. Vitinya — «PSJ» / Portugaliya

  7. Pedri — «Barselona» / Ispaniya

  8. Erling Xoland — «Manchester Siti» / Norvegiya

  9. Lionel Messi — «Inter Mayami» / Argentina

  10. Usmon Dembele — «PSJ» / Frantsiya

  11. Brunu Fernandesh — «Manchester Yunayted» / Portugaliya

  12. Luis Dias — «Bavariya» / Kolumbiya

  13. Vinisius Junior — «Real Madrid» / Braziliya

  14. Rafinya — «Barselona» / Ispaniya

  15. Krishtianu Ronaldu — «An-Nasr» / Portugaliya

Mukofot sohibi nomi yil yakuniga yaqin ma'lum bo'ladi.