Ambrozini: "Skudetto haqida gapirishga hali erta, lekin..."

Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini klubning "Bolonya"ga qarshi o'yindagi o'yinidan hayratda, ammo chempionlik uchun ehtimoliy kurash borasida hozircha izoh bermayapti.
"Milan," albatta, g'alabaga haqli edi, u juda kuchli o'yin o'tkazdi. Qolaversa, "Inter"ga bo'lgani kabi "Milan"ga ham bosim bo'lmayapti. Kivudan chempionlikni talab qilishmoqda, axir "Inter" rahbariyati yuqori natijalarga o'rgangan. Bu "rossonerilar" uchun qo'shimcha ustunlik bo'lishi mumkin", - deya Ambrozinining so'zlarini keltiradi pianetamillan.it.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Milan" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida "Inter"dan 5 ochko ortda qolmoqda.