Alves shartnomani buzgani uchun sobiq klubiga pul to'laydi

Dani Alvesning muammolari davom etmoqda, u o'zining sobiq klubi "Pumas"ga qarshi sudda mag'lub bo'ldi.
Alves klub bilan 2022/2023 yilgi mavsum uchun shartnoma imzolagandi, biroq o'rtada zo'rlashda ayblanib, hibsga olindi.
Bir yildan ko'proq vaqt o'tib qo'yib yuborilgan bo'lsa-da, klubga qaytish, tabiiyki, foyda bermadi. Qolaversa, "Pumas" rahbariyati Alves tomonidan shartnoma buzilgan degan fikrga bordi va sudda g'alaba qozondi.
Endi derbyderbyderby.it xabariga ko'ra, braziliyalik Meksika klubiga besh million evro to'lashi kerak bo'ladi.