Alvares qimmatlik qilsa, Marmush keladi: «Barsa»ning hujum chizig'idagi rejalari

«Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. U «Barselona»ning transfer ro'yxatidan joy olgan.
Kataloniyaliklar «shaharliklar» hujumchisi uchun 50 million evro to'lashga tayyor. Marmush «Barselona» uchun «Atletiko» bilan Xulian Alvares borasida kelishuv amalga oshmay qolgan taqdirda zaxira varianti hisoblanadi.
Avvalroq, «Atletiko» Alvaresni 150 million evroga sotishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi. «Barselona» uchun bunday kelishuv iqtisodiy jihatdan imkonsiz. Kataloniyaliklar muzokaralar orqali ehtimoliy transfer summasini pasaytirishga harakat qilmoqdalar.