Alvares "Atletiko" tarixiga kirdi

Xulian Alvares Chempionlar Ligasida kamida 10 ta gol urgan "Atletiko" tarixidagi uchinchi futbolchi bo'ldi.
Chorshanba kuni hujumchi "Inter" bilan o'yinda hisobni ochgandi (2:1), endi u asosiy evrokubok turnirida Madrid klubi safida 14 ta o'yinda 10 ta gol urgan.
"Atletiko"ning EChLdagi gollari bo'yicha rekordchisi Antuan Grizmann (39), ikkinchi o'rinda Saul - 11.