Alvares «Atletiko»ni tark etishi deyarli aniq

Madridning «Atletiko» klubi yozgi transfer oynasida Xulian Alvaresni sotishga majbur bo'lishi mumkin. Taniqli insayder Gaston Edulning fikricha, «matraschilar» argentinalik futbolchini olib qolish uchun deyarli imkoniyatga ega emas.
Ayni damda hujumchi uchun ikkita jiddiy da'vogar bor – «Barselona» va «PSJ». Futbolchining o'z xohishi esa shubhasiz: agar parijliklar moliyaviy jihatdan ancha foydali shartlar taklif qilsa ham, u Kataloniya klubini tanlaydi.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, Xulian Alvaresning narxi 90 million evroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ko'ra, yaqinda «Barselona» 26 yoshli futbolchi uchun 100 million evro taklif qilgan, biroq «Atletiko» bu summaga rozi bo'lmagan.