Alvares: «20 yil davomida u dunyoning eng zo'ri edi, endi esa tarixdagi eng zo'ri»

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares JCh-2026 doirasidagi Avstriyaga qarshi o'yindan (2:0) so'ng Lionel Messining o'yini haqida fikr bildirdi.
38 yoshli Messi ushbu turnirda argentinaliklarning barcha 5 ta goliga mualliflik qildi va musobaqa tarixidagi gollar bo'yicha rekordini yangiladi.
«Bu erda nima ham deyish mumkin? Hamma hammasini ko'rib turibdi. Yigirma yil davomida u dunyoning eng zo'ri edi, endi esa tarixdagi eng zo'ri.
Yoshiga qaramay, u o'z talanti va sehrini namoyish etishda davom etmoqda», – dedi Alvares.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar