Alvares 12 o'yin deganda o'zining ilk golini kiritdi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi o'yinda o'zining golsiz o'yinlar seriyasiga chek qo'ydi.
Argentinalik futbolchi «ko'k-anorranglilar» uchun dahshatli kechgan birinchi bo'lim yakunida gol urib, «matraschilar» foydasiga 4:0 hisobini o'rnatdi. 26 yoshli futbolchi uchun bu ikki oydan ortiq vaqt ichida kiritilgan ilk gol bo'ldi — u bundan oldingi 11 ta uchrashuvda biror marta ham raqiblar darvozasini ishg'ol qila olmagandi. Ichki turnirlarda esa hujumchi 1 noyabrdan beri gol urmayotgan edi.
Avvalroq Kataloniya grandi darvozasini Antuan Grizmann va Ademola Lukman ishg'ol qilishgandi. Hammasi esa himoyachi Erik Garsiyaning kutilmagan golidan boshlandi — uning xavfsiz ko'ringan uzatmasini darvozabon Joan Garsiya qabul qila olmadi.