"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Jud Bellingem haqida gapirdi.

Angliyalik futbolchi sentyabr oyi o'rtalarida operatsiyadan keyin tuzalib ketdi va shundan so'ng "Los-Blankos"ning to'rtta o'yinida, shu jumladan bitta asosiy tarkibda maydonga tushdi. 

Marca nashri xabariga ko'ra, Alonso Bellingemni odatdagidek erkin yarim himoyachi sifatida maydonga tushirishni rejalashtirmoqda, hujumlar vaqtida u jarima maydonchasiga faol harakat qiladi.