Alonsodan hafsalasi pir bo'lgan futbolchini sobiq klubi bilan bog'lashmoqda

Markaziy yarim himoyachi Dani Sebalos qishda "Real"ni tark etish ehtimoli bor.
Relevo xabariga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi Xabi Alonso qo'l ostida juda kam o'yin amaliyoti olayotganidan hafsalasi pir bo'la boshlagan. Uni "Betis" ortga qaytarishi mumkinligi haqida bir necha ispan OAV yozmoqda.
Sebalos hozirda Transfermarkt portalida 8 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda madridliklar safida umumiy 18 ta o'yinda 716 daqiqa maydonda harakat qildi va golli harakatlar amalga oshirmadi.