Alonso yoki Slot: Barns "Liverpul" uchun murabbiy tanladi

"Liverpul" sobiq futbolchisi Djon Barns ispaniyalik Xabi Alonsoning "qizillar" bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Alonsoning "Liverpul"ga kelishi haqidagi xabarlar nega bunchalik shov-shuvga sabab bo'layotganini tushunaman. Xabi — jamoa muxlislarining yoqimtoyi. Lekin u Madridda muvaffaqiyatsizlikka uchramadimi? Alonso yaxshi murabbiy ekanligini inkor etmayman, ammo u qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgan edi-ku. Men Arne Slotning qolishini xohlardim", — deya sobiq o'yinchining so'zlarini keltiradi Liverpool Echo.
Hozirda Angliya Premer-ligasida "Liverpul" beshinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa chorak finalga yo'l olgan va u erda Frantsiyaning "PSJ" klubi bilan to'qnash keladi.