Alonso Vinisiusga baqirgan

Madridning "Real" klubi ustozi Xabi Alonso "Betis"ga qarshi uchrashuv davomida braziliyalik vinger Vinisius Juniorning o'yinidan noroziligini yashirmadi. Jamoa yulduzining pressingdagi harakatlari mutaxassisni qoniqtirmadi.
"Vini, jin ursin, pressing qil! U erda bosim o'tkazish kerak edi. To'xtama, ishlash kerak. Boshla!" - deya Alonsoning braziliyalik futbolchiga aytgan hissiyotli so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Uchrashuv 5:1 hisobida "qirollik klubi"ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Vinisius Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 19 ta o'yin o'tkazdi. Braziliyalik futbolchi beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.