Alonso: «U hammamiz kutgandan ham yaxshiroq o'ynamoqda»

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Lionel Messining JCh-2026 turniridagi o'yini u uchun yoqimli syurpriz bo'lganini ta'kidladi. Tarkibida 39 yoshli hujumchi bo'lgan Argentina terma jamoasi bugun jahon chempionati finalida Ispaniya bilan to'qnash keladi.
«To'g'risini aytsam, menimcha, u hammamiz kutgandan ko'ra yaxshiroq o'ynamoqda. U juda tetik ko'rinyapti. U o'ta aqlli futbolchi va o'yinlar taqdirini hal qilyapti», — dedi Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar