Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Dani Sebalosning kelajagi haqida ma'lumot berdi.

"Men u bilan o'tgan hafta gaplashdim. U shu erda qoladi. Tafsilotlarni sizga uning o'zi aytib beradi, men emas", - dedi Alonso jurnalistlarga.

Avvalroq, 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga Frantsiyaning "Marsel" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.