Alonso Rodrigoning «Real»dagi vaziyati haqida fikr bildirdi

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Rodrigoning holati haqidagi savolga javob berdi.
"Mavsum endi boshlandi, biz atigi bitta o'yin o'tkazdik. O'yin va tarkib bo'yicha barcha qarorlarni men qabul qilaman - yolg'iz o'zim va faqat o'zim. Futbolchilar bilan muloqot qilaman, Rodrigo bilan ham," - dedi Alonso matbuot anjumanida.
"Real" navbatdagi o'yinini 24 avgust, yakshanba kuni "Real Ovedo"ga qarshi o'tkazadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:30 da yangraydi.