«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso, agar Entso Fernandes jamoani tark etsa, londonliklar «Real» yarim himoyachilari Orelen Tchuameni va Arda Gyulerni transfer qilishga urinishi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Tchuameni va Gyuler Joze Mourinyuning «Real» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin o'z kelajagiga nisbatan ikkilanmoqda.

Madrid klubi rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachini sotishni istamaydi. Biroq, agar «qaymoqranglilar» «Chelsi»dan Entso Fernandesni xarid qilsa, Tchuameni transferiga ruxsat berilishi mumkin. Shu bilan birga, «Real» uni 90 million evrodan kam mablag'ga sotish niyatida emas.

Shuningdek, Xabi Alonso «Real»da murabbiy sifatida faoliyat yuritgan davrida ham Tchuameni, ham Arda Gyuler bilan yaxshi munosabatda bo'lgani ta'kidlanmoqda.

Manba: Stadion.uz