Xabi Alonso "Real" boshqaruvidagi 15-o'yinini o'tkazdi.

Madrid klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida mehmonda "Qayrat"ni (5:0) tor-mor etdi.

Alonso uchun bu "Real" bosh murabbiyligidagi 12-g'alaba bo'ldi. Bu lavozimda ispaniyalik ikki marta mag'lubiyatga uchragan - klublar o'rtasidagi JCh 1/2 finalida "PSJ"ga 0:4, La Ligada esa o'tgan turda "Atletiko"ga 2:5 hisobida.

Shuningdek, KO'JCh guruh bosqichida "Al-Hilol" bilan durang (1:1) qayd etildi.