Alonso Pasning "Komo"dagi o'yinini kuzatmoqda

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Komo" yarimhimoyachisi Nikolas Pasning o'sishi haqida fikr bildirdi.
"Albatta, Niko o'tgan yili "Komo"ga o'tib, juda oqilona qadam tashladi. Albatta, "Yuventus"ning "Komo" bilan o'yinini tomosha qildim, ular juda yaxshi o'ynashdi, Pas ham", - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Romanoning ta'kidlashicha, Pas "Real"ning yaqin kelajakdagi transfer rejalaridan o'rin olishda davom etmoqda.
Joriy mavsumda argentinalik 21 yoshli xavbek Italiya A Seriyasi doirasida ettita o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va to'rtta golli uzatma muallifiga aylandi.
Ta'kidlash joizki, bir yil ichida Pasning bozor narxi 15 million evrodan 55 million evrogacha oshdi.