Alonso "Oltin to'p" topshirish marosimi haqida fikr bildirdi

Xabi Alonso "Oltin to'p" mukofotini topshirish marosimiga katta qiziqish bildirmayapti.
Ilgari xabar qilinganidek, bugun France Football tomonidan o'tkaziladigan mukofot topshirish marosimida "Real" vakillari ishtirok etmaydi.
- Agar [Usmon] Dembele "Oltin to'p"ni olmasa... Bu kutilmagan holat bo'larmidi?
- Nima bo'lishini ko'ramiz. Futbolni ko'p kuzataman, lekin bu mening ishim emas: hakamlar hay'atiga kirmayman, ovoz berishim shart emas.
G'olib kim bo'lishini marosimdan keyin bilamiz, ammo... Hozircha bu haqda ko'p o'ylaganim yo'q, faqat "Levante" haqida o'yladim", - dedi "qirollik klubi"ning bosh murabbiyi matbuot anjumanida.
Ertaga madridliklar La Liganing 6-tur o'yinida valensiyaliklar bilan to'qnashadi.