Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning o'yin amaliyoti haqida gapirdi.

Yakshanba kuni angliyalik futbolchi La Liga doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi kechgan va 0:0 hisobida yakunlangan o'yinning so'nggi daqiqalarida maydonga tushdi. Chempionlar ligasining "Liverpul"ga qarshi o'yinida ham 27 yoshli futbolchi so'nggi daqiqalarda maydonga tushgandi.

"Nega Trent asosiy tarkibda o'ynamayapti? Unga jarohatdan keyin vaqt kerak. U terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffus vaqtida formasini tiklab olishi kerak," - dedi Alonso o'yindan keyingi intervyusida.

Trent Aleksander-Arnold "Real"ga joriy yilning iyun oyida "Liverpul"dan ko'chib o'tgan edi.