"Real" ustozi Xabi Alonso Kilian Mbappeni Ispaniya Superkubogida o'ynashi mumkinligini aytdi.

"Qaymoqranglilar" hujumchisining chap tizzasi paylari cho'zilgani aniqlandi, shu sababli u yakshanba kuni La Ligada "Betis"ga qarshi o'yinni (5:1) o'tkazib yubordi.

"Mbappe butunlay tarkibdan chetlatilgani yo'q va biz seshanba kuni Saudiya Arabistoniga borib, u o'zini qanday his qilayotganini ko'ramiz, shunda qaror qabul qilamiz. Biz hali ham undan umid qilyapmiz".

Betis bilan o'yinda Tchuamenining jarohati va almashtirilishi haqida

- Uning Saudiya Arabistonga borishi aniq", - dedi Alonso.