"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappe va umuman jamoa haqidagi savolga javob berdi.

- Mbappening fenomenal formasi bilan "Real" jamoa sifatida qiynalishini qanday izohlash mumkin?

- Mbappe mavsumning ajoyib qismini o'tkazdi. U ajoyib individual darajani namoyish etmoqda. Jamoa esa... mavsum oxirida hammasini ko'ramiz. Mbappe shunchaki gol urishdan ko'ra ko'proq ish qiladi. U etakchilik fazilatlarini namoyish etadi, sheriklariga energiya beradi, ularga yordam beradi. Bu juda muhim," - dedi Alonso jurnalistlarga.