Alonso Mastantuononing ahvoli haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi ustozi Xabi Alonso jamoaning argentinalik xavbeki Franko Mastantuononing holati haqida gapirdi.
"Franko jarohat olganidan keyin hamon sog'ayishda davom etmoqda. Mastantuono ko'proq ishlashi kerak. U o'yin jarayoniga yaqinlashmoqda", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi "qirollik klubi" matbuot xizmati.
Mastantuono o'tgan yozda "qirollik klubi"ga o'tgandi. Uning transferi madridliklarga 45 million evroga tushgan.