Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappening "Malorka"ga (2:1) qarshi o'yindagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Mbappe gol ura olmagani meni umuman xavotirga solmayapti. U ajoyib o'ynadi, unda bir nechta vaziyatlar bo'ldi. Hammasi sanoqli millimetrlar bilan hal bo'ldi. Uning samaradorligi hech qaerga yo'qolmaydi," - dedi Alonso matbuot anjumanida.