«Liverpul» klubining urugvaylik sobiq hujumchisi, ortda qolgan mavsumni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasida o'tkazgan Darvin Nunes tumanli Albionga qaytishi mumkin. Bu haqda «Mundo Deportivo» jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» ushbu hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. «Aristokratlar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Joao Pedro bilan raqobatlasha oladigan hujumchi sifatida Nunesni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.

Darvinning «Al-Hilol» klubi bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yakuniga etgan mavsumda hujumchi Saudiya jamoasi safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.